date

Dimarko Chempionlar ligasidan so'ng asosiy maqsadlarini aytdi

Dimarko Chempionlar ligasidan so'ng asosiy maqsadlarini aytdi

«Inter»ning chap qanot himoyachisi Federiko Dimarko jamoa Chempionlar ligasidagi ishtirokini yakunlaganidan keyin oldiga qo'ygan maqsadlari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Neradzurri» eng nufuzli Yevropa musobaqasida pley-off saralash bosqichida Norvegiyaning «Bude-Glimt» klubiga ikki o'yin natijasiga ko'ra 2:5 hisobida imkoniyatni boy berib, turnir bilan xayrlashdi.

28 yoshli futbolchi Sky Sport'ga bergan intervyusida: «Har doimgidek tinmay ishlayapman. Ba'zan mavsum omading keladi, ba'zan esa hammasi ham o'xshamaydi. Orzularim? Men skudetto yutishni va Italiya terma jamoasi bilan jahon chempionatiga chiqishni istayman. Bu shunchaki orzu emas — erishilishi shart bo'lgan maqsadlar», — dedi.

Ayni paytda «Inter» A Seriya jadvalida ishonchli peshqadam bo'lib turibdi: 26 turdan so'ng jamoa ikkinchi o'rindagi «Milan»dan 10 ochko oldinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dimarko Chempionlar ligasidan so'ng asosiy maqsadlarini aytdi