date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenchxua Osiyo Chempionlar ligasida yutqazdi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenchxua Osiyo Chempionlar ligasida yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so‘ng «Shanxay Shenchxua» pley-offga chiqish imkoniyatini boy bergandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi imkoniyat edi, biroq «eshikni qarsillatib yopish» ham nasib qilmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvda Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. «Buriram Yunayted» birinchi bo‘limning boshidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Tez orada «Shanxay Shenchxua» futbolchisi qizil kartochka olib, jamoa bir kishi kam bo‘lib qoldi va bu o‘yin intrigasini deyarli yo‘qqa chiqardi.

Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenchxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenchxua Osiyo Chempionlar ligasida yutqazdi