date

Finalissima uchrashuvi uchun barcha chipta bir zumda sotildi

Finalissima uchrashuvi uchun barcha chipta bir zumda sotildi

Oradan bir oy o‘tib, 27 mart kuni Ispaniya va Argentina terma jamoalari «Finalissima» — Yevropa chempioni hamda jahon chempioni o‘rtasidagi superfinalda to‘qnash keladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bahs Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tadi va uchrashuv uchun ajratilgan 88 966 ta chipta atigi bir necha soat ichida to‘liq sotilib ketdi. Lionel Messi va Lamin Yamal ishtirokidagi duel muxlislar qiziqishini yanada oshirmoqda.

Qiziq tomoni, jamoalar aynan argentinaliklar Jahon chempionati finalida fransuzlarni mag‘lub etgan o‘sha stadionda maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, yozda navbatdagi Jahon chempionati start oladi: turnir 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi. Bu safar musobaqada ilk bor 48 ta terma jamoa qatnashadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Finalissima uchrashuvi uchun barcha chipta bir zumda sotildi