date

Dimarko Chempionlar ligasidan so'ng asosiy maqsadlarini aytdi

Dimarko Chempionlar ligasidan so'ng asosiy maqsadlarini aytdi

"Inter"ning chap qanot himoyachisi Federiko Dimarko jamoa Chempionlar ligasidagi ishtirokini yakunlagach, oldiga qo'ygan vazifalari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Neradzurrilar" Yevropaning eng nufuzli turnirida pley-offning saralash bosqichida Norvegiyaning "Bude-Glimt" klubiga ikki o'yin natijasiga ko'ra 2:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

"Men har doimgidek tinmay ishlayman. Ba'zan mavsum omadingni beradi, ba'zan esa hammasi ko'ngildagidek ketmaydi. Orzularim? Men skudettoda g'olib chiqishni va Italiya terma jamoasi bilan jahon chempionatiga borishni xohlayman. Bu shunchaki orzu emas, erishilishi shart bo'lgan maqsadlar", — dedi 28 yoshli futbolchi Sky Sport bilan suhbatda.

Ayni paytda "Inter" A Seriya turnir jadvalida ishonchli peshqadam bo'lib turibdi: 26 turdan keyin ikkinchi o'rindagi "Milan"dan 10 ochko oldinda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dimarko Chempionlar ligasidan so'ng asosiy maqsadlarini aytdi