Oskar Rudjeri Kavaniga futbolni yakunlashni maslahat berdi

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani Argentinada og‘ir vaziyatga tushib qoldi: «Boka Xuniors» muxlislari uni tez-tez hushtakbozlik bilan qarshi olmoqda. Bundan tashqari, u ba’zi uchrashuvlarda maydonga tushmayapti yoki o‘yin oxirigacha yetib bormay, erta almashtirilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina futbolining sobiq yulduzi Oskar Rudjeri Kavaniga nisbatan bunday munosabatni haqoratli, deb baholadi. Uning fikricha, shunday katta tajriba va obro‘ga ega futbolchi uchun bu holat nomaqbul, shu sabab u Kavaniga futbolni to‘xtatish haqida o‘ylashni tavsiya qildi.
«Bunday tarjimai holga ega o‘yinchi uchun bu — haqorat. Shunday bo‘lishi kerak emas, yaxshisi futbolni yakunlagan ma’qul», — deya Rudjerining so‘zlaridan iqtibos keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o‘tamiz, Kavani avvalroq «Napoli», «PSJ» va «Manchester Yunayted» kabi klublarda ham to‘p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!