date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenchxua Buriramga yutqazdi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenchxua Buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so‘ng «Shanxay Shenchxua» pley-off yo‘llanmasi uchun imkoniyatlarini boy berdi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi urinish edi, biroq natija chiqmedi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq «Buriram Yunayted» ikki bor gol urib, o‘yinning borishini o‘z tomoniga og‘dirdi. Ko‘p o‘tmay «Shanxay Shenchxua» bir futbolchisi maydondan chetlatilib, son jihatdan kam qolganidan keyin intriga deyarli so‘ndi.

Qayd etilishicha, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenchxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenchxua Buriramga yutqazdi