Djikiyaning maydondan chetda qolishi jarohat bilan bog'liq

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Djikiya Turkiyada so'nggi vaqtlarda kam o'ynagani bo'yicha vaziyatga uning vakili Malik Arutyunov izoh berdi. Agentning aytishicha, rossiyalik futbolchining o'yin amaliyoti yo'qligi jarohat oqibati bo'lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Arutyunovga ko'ra, Djikiya hozir to'liq tiklangan, jamoaga kelgan yangi bosh murabbiy esa unga ishonch bildirmoqda.
Agent Djikiya "Fenerbahche"ga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashi mumkinligini ham ta'kidladi. "Klubda allaqachon uchinchi murabbiy ishlayapti, har birining o'z qarashi bor. Uning o'ynamagani jarohat bilan bog'liq", — dedi Arutyunov.
2025/2026 yilgi mavsumda Djikiya Turkiya chempionati va Kubogi doirasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!