Dimarko Chempionlar ligasidan keyingi asosiy maqsadlarini aytdi

“Inter”ning chap qanot himoyachisi Federiko Dimarko jamoa Chempionlar ligasini tark etganidan so‘ng mavsumdagi ustuvor vazifalari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Neradzurri” eng nufuzli yevrokubokdagi yurishini pley-off saralash bosqichida Norvegiyaning “Bude-Glimt” klubiga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:5 hisobida imkoniyatni boy berib yakunladi.
28 yoshli futbolchi Sky Sport’ga bergan intervyusida: “Har doimgidek tinimsiz ishlayapman, ammo ba’zan mavsum o‘xshab ketadi, ba’zan esa hammasi ham chiqavermaydi. Orzularim? Men skudetto yutishni va Italiya terma jamoasi bilan jahon chempionatiga chiqishni xohlayman. Bu shunchaki orzu emas, erishilishi kerak bo‘lgan aniq maqsadlar”, dedi.
Hozirda “Inter” A Seriya jadvalida ishonchli yetakchilik qilmoqda: 26 turdan keyin ikkinchi o‘rindagi “Milan”dan 10 ochkoga o‘zib ketgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!