Guberniyev Rossiya tez orada Angliya va Argentina bilan o'ynamaydi dedi

Sport sharhlovchisi Dmitriy Guberniyev Rossiya terma jamoasining mart oyidagi yig'iniga raqiblar e'lon qilingani yuzasidan fikr bildirdi. Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa kelasi oy Nikaragua (27 mart) hamda Mali (31 mart)ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Guberniyevning ta'kidlashicha, yaqin kelajakda Rossiya Angliya yoki Argentina kabi grandlar bilan maydonga tushishi qiyin. “Biz biz bilan o'ynashga rozi bo'lgan raqiblarga qarshi o'ynaymiz. Mali va Nikaraguaga rahmat”, — deya uning so'zlarini Metaratings keltirdi.
Shuningdek, u Nikaragua va Mali bilan bo'ladigan o'yinlar ham muxlislar e'tiborini tortishini aytdi.
Eslatib o'tamiz, Rossiya — Nikaragua uchrashuvi Krasnodarda, Mali bilan bahs esa Sankt-Peterburgda bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!