Messi Maradona bilan ilk uchrashuvini yodga oldi

Argentina hujumchisi Lionel Messi argentinalik futbol afsonasi Diyego Armando Maradona bilan birinchi bor qanday tanishganini eslab o‘tdi. Messining aytishicha, ularning ilk uchrashuvi televideniyedagi «La noche del 10» (“O‘nlik kechasi”) dasturi vaqtida bo‘lib o‘tgan va Messi aynan Maradonaning tashabbusi bilan efirga taklif qilingan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Taklifni oldim va, albatta, rad eta olmasdim — bordim. U yerda yaqinlarim ham bor edi: otam, amakim, jiyanlarim. Ularning barchasi ham Maradona bilan tanishdi. Bu unutilmas lahza bo‘lgan», — deya Messining so‘zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing