Djikiya agenti uning o'yin amaliyoti yo'qligiga izoh berdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Djikiyaning Turkiyadagi vakili Malik Arutyunov rossiyalik futbolchi nega so'nggi paytlarda kam maydonga tushganini tushuntirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Djikiyaning o'yinlardan chetda qolishi jarohat bilan bog'liq bo'lgan. Hozir esa u shikastdan to'liq tiklangan va jamoaga yangi kelgan bosh murabbiy himoyachiga ishonch bildirmoqda.
Arutyunov fikricha, Djikiya "Fenerbahche"ga qarshi o'yinda start tarkibida maydonga tushishi mumkin. U klubda murabbiylar tez-tez almashayotgani, har bir mutaxassisning o'z qarashi borligini ham qo'shib o'tdi.
2025/2026 yilgi mavsumda Djikiya Turkiya chempionati va kubogida jami 13 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol muallifi bo'lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing