Luis Enrike PSJning hozirgi formasi haqida fikr bildirdi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jurnalistlar bilan suhbatda jamoaning ayni paytdagi jismoniy va ruhiy holati yuzasidan savolga javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ispaniyalik mutaxassis 2024–2025 yilgi muvaffaqiyatli mavsumdan keyin parijliklar biroz sustlashganini ta’kidladi.
«Bu mavsumda barcha futbolchilar doim tayyor bo‘lib yurishi mumkin emas. Bu imkonsiz. O‘tgan mavsumdagi yuklamaning badalini to‘layapmiz. O‘yinchilar mashina emas», — deya Enrikening so‘zlarini keltiradi L’Équipe.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda PSJ barcha asosiy sovrinlarni qo‘lga kiritgan: Fransiya chempionati, Kubogi va Superkubogi, shuningdek, Chempionlar ligasida ham g‘olib bo‘lgan.
Hozirda Enrike jamoasi Liga 1 turnir jadvalida 54 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!