date

Rudjeri Kavaniga futbolni tark etishni maslahat berdi

Rudjeri Kavaniga futbolni tark etishni maslahat berdi

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani Argentinadagi faoliyatida jiddiy bosimga duch kelmoqda: “Boka Xuniors” muxlislari uni tez-tez hushtakbozlik bilan qarshi olmoqda. Ko‘p holatlarda futbolchi maydonga tushmayapti yoki o‘yin oxirigacha qolmay, muddatidan avval almashtirilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Argentina futbolining sobiq yulduzi Oskar Rudjeri bu vaziyatni Kavanining obro‘yiga nisbatan hurmatsizlik deb baholadi. Uning fikricha, bunday munosabat davom etayotgan ekan, tajribali forvard futbolni yakunlagani ma’qul.

“Bunday yutuqlarga ega futbolchi uchun bu haqorat. Shunday bo‘lgandan ko‘ra, futbolni bas qilgani yaxshiroq”, — deya Rudjerining so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Kavani avvalroq “Napoli”, “PSJ” va “Manchester Yunayted” kabi klublarda ham to‘p surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rudjeri Kavaniga futbolni tark etishni maslahat berdi