date

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi haqida so'zlab berdi

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi haqida so'zlab berdi

Argentina hujumchisi Lionel Messi o'zining futbol afsonasi Diego Armando Maradona bilan qanday tanishgani haqida xotiralarini bo'lishdi. Uning aytishicha, ilk uchrashuv televideniyedagi «La noche del 10» ko'rsatuvi paytida bo'lib o'tgan va u yerga Messining o'zi Maradonaning tashabbusi bilan taklif etilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Taklifni oldim va, albatta, rad eta olmadim — bordim. U yerda yaqinlarim ham bor edi: otam, amakim, amakivachchalarim. Ularning barchasi ham Maradona bilan tanishdi. Bu unutilmas lahza edi», — deya Messining so'zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.

Eslatib o'tamiz, Diego Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi haqida so'zlab berdi