Rudjeri Kavani uchun futbolni yakunlashni maslahat berdi

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani Argentinada og'ir davrni boshdan kechirmoqda. «Boka Xuniors» muxlislari tez-tez uni hushtakbozlik bilan kutib olmoqda, futbolchining o'zi esa ayrim o'yinlarda maydonga tushmayapti yoki uchrashuv yakuniga yetmasdan almashtirilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina futbolining sobiq yulduzi Oskar Rudjeri Kavaniga bo'lgan bunday munosabatni haqoratli deb baholadi. Uning fikricha, katta tajriba va nufuzga ega futbolchi uchun bu holatga chidashdan ko'ra, futbolchilik faoliyatini yakunlash ma'qul.
Rudjerining so'zlariga ko'ra, Kavanining obro'li faoliyati fonida tribunalardan kelayotgan bosim umuman to'g'ri emas. Manbalar uning «bunaqasi bo'lmaydi, yaxshisi futbolni yig'ishtirsin» mazmunidagi fikrlarini keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Kavani avvalroq «Napoli», «PSJ» va «Manchester Yunayted» kabi klublarda ham to'p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!