date

Gallardo ko'z yosh bilan xayrlashdi Riverdan hech kim ketmaydi

Gallardo ko'z yosh bilan xayrlashdi Riverdan hech kim ketmaydi

Marselo Gallardo murabbiy sifatidagi so'nggi uchrashuvini "Banfil'd"ga qarshi o'yinda o'tkazdi. Uchrashuvda "River Pleyt" 3:1 hisobida g'alaba qozonib, ketma-ket uchta mag'lubiyatdan iborat omadsiz seriyasiga nuqta qo'ydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Aynan shu muvaffaqiyatsiz natijalar Gallardoning lavozimini saqlab qolishiga to'siq bo'ldi, biroq klub unga chiroyli tarzda xayrlashish imkonini berdi. Murabbiy esa bu lahzani juda ta'sirli tarzda yakunladi.

O'yindan keyin ko'z yoshlarini yashirmagan Gallardo muxlislarga minnatdorlik bildirib, "Shunchaki barchangizga rahmat. Sizning mehringizni so'z bilan ifodalash qiyin. Men butunlay ketmayapman. "River"dan hech kim abadiy ketmaydi. Bu sehrli maskan: ketgan taqdiringda ham baribir klub bilan qolasan", dedi.

Eslatib o'tamiz, Gallardo 90-yillarda "River Pleyt" safida ham, Argentina terma jamoasida ham futbolchi sifatida to'p surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gallardo ko'z yosh bilan xayrlashdi Riverdan hech kim ketmaydi