Djikiyaning o'yin amaliyoti yo'qligi jarohat bilan bog'liq edi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikiya nega so'nggi paytda maydonga kam tushgani yuzasidan uning Turkiyadagi vakili Malik Arutyunov izoh berdi. Agent futbolchining o'yin amaliyoti yetishmasligini jarohat oqibati bilan bog'ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Arutyunovning aytishicha, Djikiya hozir to'liq tiklangan va jamoaga yaqinda kelgan yangi bosh murabbiy ham unga ishonch bildirmoqda.
«O'ylaymanki, Djikiya “Fenerbahche”ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi. Klubda allaqachon uchinchi murabbiy almashdi, har birining qarashi boshqacha. Uning o'ynamagani jarohat sababli edi», — deya Arutyunovning so'zlarini «Chempionat» keltiradi.
2025/2026 yilgi mavsumda rossiyalik futbolchi Turkiya chempionati va kubogida jami 13 ta uchrashuv o'tkazib, 2 ta gol muallifi bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!