Levante Alaves ustidan so'nggi daqiqalarda g'alaba sug'urib oldi

La Liganing 26-turi Levante — Alaves uchrashuvi bilan boshlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yin boshida Pako Kortes uzatgan past to'pni Karlos Alvares yakunlashga urindi, biroq zarba darvoza romidan chetga ketdi. Mezbonlar posboni esa Pablo Ibanes hamda Antonio Blankoning xavfli urinishlaridan keyin bir necha bor jamoasini qutqarib qoldi, to'p burchak zarbasiga chiqib ketdi.
Ikkinchi bo'lim startida, 47-daqiqada Karlos Alvares to'pni ustunga tekkizib yubordi. Oradan ko'p o'tmay Adrian de la Fuente zarbasi raqib himoyachisiga borib tegdi, Hon Olasagasti esa darvozabonning sergakligini sinovdan o'tkazdi. Shundan keyin Ivan Romero yiqilgan holatda orqaga oshirib tepib ko'rdi, lekin posbon yana ishonchli o'ynadi.
Uchrashuv taqdirini so'nggi daqiqalar hal qildi: 89-daqiqada Karlos Espi bosh bilan yo'llagan to'p raqibga tegib, rikoshet yordamida darvozadan joy oldi — 1:0. Qo'shib berilgan yettinchi daqiqada Espi uzoq masofadan aniq zarba bilan dubl qayd etdi — 2:0.
Shu tariqa Levante ketma-ket to'rtta mag'lubiyatdan iborat seriyasiga nuqta qo'ydi, biroq baribir turnir jadvalida oxiridan ikkinchi o'rinda qolmoqda. Alaves esa 14-pog'onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!