Gallardo ko'z yosh bilan xayrlashdi Riverdan ketish yo'q

Marselo Gallardo murabbiy sifatidagi so'nggi uchrashuvini o‘tkazdi: uning jamoasi “Banfield”ga qarshi bahsda 3:1 hisobida zafar quchib, ketma-ket uch mag‘lubiyatdan iborat noxush seriyaga nuqta qo‘ydi. Aynan shu omadsiz yurish Gallardoning lavozimini xavf ostiga qo‘ygan bo‘lsa-da, klub unga chiroyli tarzda xayrlashish imkonini berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdan keyin hissiyotlarini yashirmagan mutaxassis muxlislarga minnatdorlik bildirdi: “Hammaga shunchaki rahmat. Sizlarning mehringizni so‘z bilan ifodalash qiyin. Men butunlay ketmayapman. “River”dan hech kim abadiy ketmaydi. Bu sehrli joy: ketsang ham, baribir klub bilan qolasan”, — dedi Gallardo ko‘z yoshlarini artarkan.
Eslatib o‘tamiz, Marselo Gallardo 1990-yillarda “River Pleyt” safida to‘p surgan va Argentina terma jamoasida ham o‘ynagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!