date

Inzagini ishdan bo'shatish gaplari chiqdi, u xotirjam

Inzagini ishdan bo'shatish gaplari chiqdi, u xotirjam

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hanuz biror marta mag'lub bo'lgani yo'q, biroq so'nggi turlardagi bir nechta durang natijalar jamoani turnir jadvalida uchinchi o'ringa tushirib qo'ydi. La Repubblica xabariga ko'ra, shu fon’da bosh murabbiy Simone Inzagini iste'foga chiqarish ehtimoli muhokama qilinmoqda, buning tarafdorlari orasida klub muxlislari ham bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shunga qaramay, Inzagi vaziyatga sokin qaramoqda: uning shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta tovon puli ko'zda tutilgan.

Qayd etilishicha, Simone Inzagi maosh bo'yicha dunyodagi eng ko'p haq oladigan murabbiylar orasida ikkinchi o'rinda — u faqat Diyego Simeonedan ortda. Italiyalik mutaxassisning yillik maoshi 26 million yevroni tashkil qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inzagini ishdan bo'shatish gaplari chiqdi, u xotirjam