Djikiyaning o'yin amaliyoti yo'qligi jarohat bilan bog'liq

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikiya nega so'nggi paytlarda maydonda ko'rinmayotgani bo'yicha uning Turkiyadagi vakili Malik Arutyunov izoh berdi. Agentning aytishicha, rossiyalik futbolchining o'yin amaliyoti kamligi jarohat sabab yuzaga kelgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Arutyunovga ko'ra, Djikiya hozir to'liq tiklangan va jamoaning yangi bosh murabbiyi ham unga tayanmoqchi. Agent «Fenerbahche»ga qarshi uchrashuvda himoyachi start tarkibda maydonga tushishi mumkinligini ham ta'kidladi.
«O'ylaymanki, Djikiya “Fenerbahche” bilan o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi. Klubda allaqachon uchinchi murabbiy, har birining o'z qarashi bor. Uning o'ynamagani jarohat bilan bog'liq edi», — deya Arutyunovning so'zlarini «Chempionat» nashri keltiradi.
2025/2026 yilgi mavsumda Djikiya Turkiya chempionati va Kubogida jami 13 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol urgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!