Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar Ligasida mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida yetti turdan keyin «Shanxay Shenxua» pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'lgandi. Sakkizinchi turda Leonid Slutskiy shogirdlari «Buriram Yunayted»ga qarshi maydonga tushib, musobaqani ijobiy notada yakunlashga urinib ko'rdi, biroq bunga erisha olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv Tailand klubi foydasiga 2:0 hisobida yakunlandi. «Buriram Yunayted» birinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi: 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Mueanta Suphanat gol urdi. Oradan ko'p o'tmay «Shanxay Shenxua» futbolchisi qizil kartochka olib, jamoa bir kishi kam bo'lib qoldi va o'yindagi intriga deyarli so'ndi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!