date

Noyer Atalantani yuksak baholadi va ogohlantirdi

Noyer Atalantani yuksak baholadi va ogohlantirdi

Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finaliga qura tashlanganidan so‘ng Myunxenning «Bavariya» klubiga Italiya vakili «Atalanta» raqib bo‘ldi. Ikki o‘yinlik to‘qnashuv oldidan nemislar darvozaboni Manuel Noyer bergamoliklar haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Ularni qiziqarli tomoni — imkoniyati cheklangan bo‘lsa ham, boridan maksimumni siqib oladi. Eng yaxshi kunida ular tog‘larni ham surishi mumkin. Shuning uchun ilk bahs Bergamoda o‘tishi yomon emas: shundan keyin biz o‘zimiz qaysi darajada ekanimizni aniq bilib olamiz», — dedi Noyer.

«Atalanta» pley-off yo‘llanmasi uchun o‘tgan bosqichda Dortmundning «Borussiya»sini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:3 hisobida mag‘lub etdi. «Bavariya» uchun esa italiyaliklarga qarshi duel bu mavsum Chempionlar ligasidagi ilk pley-off sinovi bo‘ladi: Vensan Kompani jamoasi umumiy bosqichni ikkinchi o‘rinda yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Noyer Atalantani yuksak baholadi va ogohlantirdi