Nant futbolchilari Ramazon paytida maydonda ovqatlandi

Fransiya futbolida Afrika mamlakatlaridan kelgan musulmon legionerlar ko‘p va ayni kunlarda ular uchun muqaddas Ramazon oyi davom etmoqda. Bu davrda kunduz kuni ovqatlanish va suv ichish taqiqlanadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq «Nant»ning so‘nggi o‘yinida hamma futbolchilar ham bu qoidalarga qat’iy rioya qilmasligi ko‘rinib qoldi. Uchrashuv davomida darvozabon Antoni Lopesh jarohat olib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilayotgan paytda e’tiborni tortgan vaziyat yuz berdi.
Shu tanaffusda jamoaning bir nechta futbolchisi, jumladan liviyalik Ali Yusif, misrlik Mustafa Muhammad va marokashlik Yusif El-Arabiy yon chiziq tomon kelib, hech narsa bo‘lmagandek tamaddi qilib, suv ichib oldi.
Telekameralar ushbu epizodni alohida ko‘rsatdi va natijada arab mamlakatlarida bu holat yuzasidan muayyan bahs-munozaralar avj oldi.
Qayd etilishicha, Fransiya ligasi rahbariyati Ramazon munosabati bilan rasmiy tanaffuslar joriy etmaydi va bunday pauzalarni oldindan ham ko‘zda tutmaydi. Bu borada APL va Bundesligada yondashuv boshqacharoq.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!