Inter futbolchisi ijarada og'ir jarohat olib safdan chiqdi

Milanning «Inter» klubidan «Rasing Avellanyeda» safiga ijara asosida o'tgan hujumkor yarim himoyachi Valentin Karboni uzoq muddat maydonga tusha olmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentinalik manbalarga ko'ra, 20 yoshli futbolchida tizzaning oldingi xochsimon bog'lami uzilgani aniqlangan. Uning tiklanish jarayoni 6 oydan 8 oygacha davom etishi kutilmoqda.
«Rasing» Karbonini yanvar oyida «Inter»dan ijaraga olgan va kelishuv joriy yil dekabr oxirigacha mo'ljallangan. Mavsumning birinchi qismida u «Jenoa»da to'p surib, 15 uchrashuvda maydonga tushdi va 1 gol urdi. Iste'dodli argentinalikning «neradzurri» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil o'rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing