date

Karpin: o'rtoqlik o'yinlarida natija muhim emas

Karpin: o'rtoqlik o'yinlarida natija muhim emas

Rossiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin Mali va Nikaragua terma jamoalariga qarshi bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvlari oldidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisga ko'ra, bu bahslarda hisobga ortiqcha urg'u berish shart emas. Karpin terma jamoaga aynan ishonch bildirayotgan va ko'rishni istayotgan futbolchilarni chaqirishni rejalashtirmoqda. Uning aytishicha, kutilmagan holatlar bo'lmasa, barcha futbolchilar yig'inga yetib keladi.

Rossiya – Nikaragua uchrashuvi 27 mart kuni Krasnodardagi stadionda bo'lib o'tadi. Mali bilan o'yin esa 31 mart kuni Sankt-Peterburgda o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, FIFA va UEFA qaroriga ko'ra Rossiya terma jamoasi xalqaro musobaqalardan chetlatilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karpin: o'rtoqlik o'yinlarida natija muhim emas