Slutskij boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyo CHLda mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng «Shanxay Shenxua» pley-off yo'llanmasi uchun imkoniyatlarini boy bergandi. 8-turda Leonid Slutskij jamoasi «Buriram Yunayted»ga qarshi hech bo'lmasa turnir bilan chiroyli xayrlashishni istadi, biroq bu amalga oshmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand vakili bo'lgan «Buriram Yunayted» uchrashuvni 2:0 hisobida o'z foydasiga hal qildi. Mezbonlar 11-daqiqada Gud Kertis, 22-daqiqada esa Mueanta Suphanatning gollari bilan tanaffusgacha ishonchli ustunlikni qo'lga kiritdi.
Ko'p o'tmay «Shanxay Shenxua» maydonda bir kishi kam bo'lib qoldi va bu holat o'yindagi intriga deyarli so'nishiga olib keldi. Natijada Slutskij shogirdlari hisobni o'zgartira olmadi va guruh bosqichini mag'lubiyat bilan yakunladi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskijning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!