date

Indzagi istefosi muhokamada, murabbiy esa vaziyatni sokin qabul qilmoqda

Indzagi istefosi muhokamada, murabbiy esa vaziyatni sokin qabul qilmoqda

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilal» hanuz birorta ham mag'lubiyat ko'rmadi, biroq so'nggi duranglar seriyasi jamoani turnir jadvalida uchinchi pog'onaga tushirib yubordi. La Repubblica xabariga ko'ra, shu fon’da Simone Indzagini bosh murabbiylikdan bo'shatish ehtimoli haqida gap-so'zlar kuchaygan. Ayni paytda italiyalik mutaxassisga qarshi chiqayotganlar orasida «Al-Hilal» muxlislari ham bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shunga qaramay, Indzagining o'zi vaziyatga xotirjam qaramoqda: uning shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha amal qiladi va muddatidan oldin bekor qilinganda katta miqdordagi kompensatsiya ko'zda tutilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Simone Indzagi dunyodagi eng ko'p maosh oladigan murabbiylar ro'yxatida Diego Simeonedan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Indzagi istefosi muhokamada, murabbiy esa vaziyatni sokin qabul qilmoqda