date

Xavi klub saylovida Laportaga qarshi pozitsiya bildirdi

Xavi klub saylovida Laportaga qarshi pozitsiya bildirdi

“Barselona”ning sobiq futbolchisi va bosh murabbiyi Xavi klub prezidenti saylovida Joana Laportaga qarshi chiqdi. Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko‘ra, u Viktor Font o‘tkazgan ommaviy tadbirda qatnashib, uning nomzodini qo‘llab-quvvatlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib o‘tamiz, Joan Laporta yaqinda iste’foga chiqqan — bu unga yana bir muddatga prezidentlikka nomzodini qo‘yish imkonini beradi.

Xavi esa 2023/2024 yilgi mavsum yakunida “Barselona” bosh murabbiyligi lavozimini tark etgandi. Shundan so‘ng kataloniyaliklar jamoasini Hans-Diter Flik qabul qilib oldi.

Shanba, 28 fevral kuni “Barselona” Ispaniya chempionati doirasida o‘z maydonida “Vilyarreal”ni qabul qiladi.

Avvalroq Laporta Xavi “Barselona” yana ikki yil raqobatbardosh bo‘la olmaydi, deb aytgani va tarkibda 10 nafar futbolchini almashtirishni so‘raganini bildirgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xavi klub saylovida Laportaga qarshi pozitsiya bildirdi