Al-Hilol natijalari fonida Indzagi iste'fosi haqida gaplar kuchaydi

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hanuz mag'lubiyatsiz harakat qilmoqda, biroq so'nggi turdagi ketma-ket duranglar jamoani turnir jadvalida uchinchi pog'onaga tushirib yubordi. La Repubblica xabariga ko'ra, shu fon’da Simone Indzagining bosh murabbiylikdan ketishi ehtimoli muhokama qilinmoqda va klub muxlislarining bir qismi italiyalik mutaxassisga qarshi chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga xotirjam qarayapti: uning amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta miqdorda kompensatsiya to'lanishi ko'zda tutilgan.
Qayd etilishicha, Simone Indzagi maosh borasida dunyodagi eng yuqori haq oladigan murabbiylar orasida ikkinchi o'rinda turadi — undan faqat Diego Simeone oldinda. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!