date

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenshua Buriramga yutqazdi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenshua Buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida «Shanxay Shenshua» yetti turdan so‘ng pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lgandi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi uchrashuv Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so‘nggi imkoniyat — «eshikni qarsillatib yopish» edi, biroq bu safar ham o‘xshamadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailand klubi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. «Buriram Yunayted» birinchi bo‘limning boshidayoq ikki bor gol urdi: 11-daqiqada Gud Ko'rtis, 22-daqiqada esa Mueanta Supxanat hisobni yiriklashtirdi. Oradan ko‘p o‘tmay «Shanxay Shenshua» bir o‘yinchi kam bo‘lib qolgani intriga taqdirini amalda hal qildi.

Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenshua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenshua Buriramga yutqazdi