date

Futbolda vaqt choʻzishga qarshi yangi qoidalar joriy etiladi

Futbolda vaqt choʻzishga qarshi yangi qoidalar joriy etiladi

2026/2027 mavsumidan boshlab futbol qoidalariga vaqtni ataylab choʻzish holatlariga qarshi o'zgartirishlar kiritiladi. BBC xabariga ko'ra, bunday vaziyat qayd etilsa, to'p raqib jamoaga beriladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agar vaqt choʻzish darvozabonning darvozadan zarba berishi paytida aniqlansa, qarshi jamoa burchak zarbasini amalga oshirish huquqiga ega bo'ladi.

Yana bir muhim yangilik: almashtirish chog'ida futbolchiga maydonni tark etish uchun 10 soniya beriladi. Agar u ulgurmasa, maydonga kirayotgan o'yinchi 60 soniya kechikib o'yinga qo'shiladi va jamoa bir daqiqa davomida bir kishi kam bo'lib qoladi.

Avvalroq futbolga yaqin orada “Vinisius qoidasi” ham kiritilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Futbolda vaqt choʻzishga qarshi yangi qoidalar joriy etiladi