date

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi tafsilotlarini esladi

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi tafsilotlarini esladi

Argentina hujumchisi Lionel Messi vatandoshlari uchun afsonaga aylangan Diyego Armando Maradona bilan ilk bor qachon va qanday tanishganini aytib berdi. Messining so'zlariga ko'ra, ularning birinchi uchrashuvi televideniyedagi «La noche del 10» ko'rsatuvi paytida bo'lgan va u yerga futbolchi aynan Maradonaning taklifi bilan borgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Taklifni oldim va, albatta, rad eta olmadim — bordim. O'sha kuni yonimda yaqinlarim ham bor edi: otam, amakim va amakivachchalarim. Ularning barchasi ham Maradona bilan tanishdi. Bu unutilmas lahza edi», — deya Messining so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Eslatib o'tamiz, Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi tafsilotlarini esladi