Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenshua Buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida "Shanxay Shenshua" yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'lgandi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi bahsda Leonid Slutskiy jamoasi turnir bilan xayrlashishdan oldin kamida ijobiy natija ko'rsatishga urinib ko'rdi, biroq bunga erisha olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tailand vakili "Buriram Yunayted" 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Ular uchrashuv boshidayoq tashabbusni qo'lga olib, 11-daqiqada Gud Kertis va 22-daqiqada Suphanat Mueanta gollari bilan tezda ikki to'p farqini yuzaga keltirdi.
Ko'p o'tmay "Shanxay Shenshua" bir futbolchisi maydondan chetlatilib, son jihatdan kamchilikda qoldi va bu holat o'yindagi intriganing deyarli so'nishiga olib keldi.
Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning "Shanxay Shenshua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!