Eron JCH-2026da qatnashishdan voz kechishi mumkin

JCH-2026ga muddatidan oldin yo'llanma olgan Eron terma jamoasi musobaqada ishtirok etmaslik variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rahbari Mehdi Toj ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Televideniyedagi chiqishida Toj so'nggi voqealar, xususan AQSh hujumi fonida mundialga borish masalasi murakkablashganini aytdi. Uning ta'kidlashicha, yakuniy qarorni sport rahbarlari qabul qilishi kerak.
Qura natijalariga ko'ra, Eron guruh bosqichidagi uchala o'yinini AQSh hududida o'tkazishi belgilangan: Yangi Zelandiya, Belgiya va Misrga qarshi.
Shuningdek, pley-offning 1/16 final bosqichida Eron va AQSh to'qnash kelib qolishi ehtimoli ham bor. Bu holat FIFA uchun qo'shimcha tashkiliy muammolar keltirib chiqarishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Eronda milliy chempionat alohida buyruqgacha to'xtatilgan. Bir qator legionerlar allaqachon mamlakatni tark etgan yoki ketish yo'lini izlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!