date

Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi

Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi

"Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkoniyatini yo'qotgandi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi urinish edi, biroq bu safar ham kutilgan natija chiqmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 0:2 hisobida tailandliklar foydasiga yakunlandi. "Buriram Yunayted" birinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridayoq ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi, keyin esa "Shanxay Shenxua"ning maydonda bir futbolchisi kam qolib ketgani o'yindagi intriga deyarli so'ndi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning "Shanxay Shenxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi