date

Eron terma jamoasi JCh-2026dan voz kechishi mumkin

Eron terma jamoasi JCh-2026dan voz kechishi mumkin

JCh-2026 yo‘llanmasini muddatidan avval hal qilgan Eron terma jamoasi musobaqada ishtirok etmaslik ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rahbari Mehdi Toj ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Televideniyedagi chiqishida Toj AQSh va Isroil ishtirokidagi ziddiyat keskinlashgani fonida mundialga tayyorgarlikka ishonch bilan qarash qiyinligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy qaror sport rahbariyati darajasida qabul qilinishi kerak.

Ma’lum qilinishicha, Eron guruh bosqichidagi uch uchrashuvni ham AQShda o‘tkazishi belgilangan — Yangi Zelandiya, Belgiya va Misrga qarshi. Shuningdek, pley-offning 1/16 final bosqichida Eronning AQSh bilan to‘qnash kelishi ehtimoli ham bor, bu esa FIFA uchun qo‘shimcha tashkiliy muammolar keltirib chiqarishi mumkin.

Shu bilan birga, Eronda milliy chempionat alohida buyruqqacha to‘xtatilgani aytilmoqda. Bir qator legionerlar mamlakatni tark etgan, yana ko‘plari esa chiqib ketish yo‘llarini izlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eron terma jamoasi JCh-2026dan voz kechishi mumkin