Kimmix Borussiyaga ikkinchi bo'limda qiyin bo'lishini bildik dedi

"Bavariya" yarim himoyachisi Yozua Kimmix Bundesligada Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o'yindan (3:2) so'ng uchrashuv haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Myunxenliklar tanaffusga qadar minimal hisobda ortda qolgan edi, biroq 70-daqiqaga kelib Garri Keynning dublidan so'ng hisobda oldinga chiqib oldi. 83-daqiqada "asalarilar" muvozanatni tikladi, ammo ko'p o'tmay mehmonlar yana gol urib, ustunlikni qo'ldan chiqarmadi. G'alaba to'pini esa Kimmixning o'zi kiritdi.
"Bugun, ayniqsa birinchi bo'limda, juda ko'p jismoniy kurash va xatolar bo'ldi. O'yin ritmi tez-tez buzilib ketdi. Ikkinchi bo'limda esa futbol ancha shiddatliroq tus oldi. Tanaffusda biz "Borussiya" uchun keyinroq bunday tempni ushlab turish qiyin bo'lishini tushunib turdik — Chempionlar ligasidagi o'yinlar sabab jadval juda zich. Oxir-oqibat bizda ustunlik paydo bo'lishini bilardik va, xayriyat, bundan foydalana oldik", — deya Kimmixning so'zlarini Bayern & Germany keltirdi.
Ushbu g'alabadan so'ng "Bavariya" turnir jadvalida "Borussiya"dan ustunligini 11 ochkogacha oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!