date

Jezush Ronalduga dam berdi u Arkadagga qarshi o'ynamaydi

Jezush Ronalduga dam berdi u Arkadagga qarshi o'ynamaydi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu o'yinda yana tarkibda bo'lmaydi.

Jezushning ta'kidlashicha, jamoa tig'iz taqvim tufayli Ronalduni va asosiy tarkibdagi yana bir necha futbolchini asrashga qaror qilgan. Murabbiy oldinda "Al-Fateh"ga qarshi muhim uchrashuv borligini alohida qayd etdi.

Shuningdek, u Ronalduning dam olishi yangilik emasligini eslatdi: tajribali hujumchi Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan ayrim o'yinlarda avval ham ishtirok etmagan.

Saudiya Pro-ligasi doirasidagi "Al-Fateh" — "Al-Nasr" uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduga dam berdi u Arkadagga qarshi o'ynamaydi