date

Allegri Milan bilan kelajagi borasidagi mish-mishlarga javob berdi

Allegri Milan bilan kelajagi borasidagi mish-mishlarga javob berdi

"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri matbuotda tarqalgan uning jamoani tark etishi haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

58 yoshli mutaxassisning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Shunga qaramay, so‘nggi paytlarda OAVda hamkorlik joriy mavsum yakunida to‘xtashi mumkinligi haqida xabarlar ko‘paydi. Allegri esa bu ma’lumotlarni qat’iyan rad etdi.

“"Milan"da hammasi joyida, ichki muhit juda yaxshi. Biz bir yo‘nalishda ishlayapmiz, hamkorlikda harakat qilyapmiz. Klub allaqachon kelajak rejalarini tuzmoqda. Bu yerda ishlashdan mamnunman”, — deya Allegri so‘zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirdi.

Bugun “rossoneri” A Seriyada safarda “Kremoneze”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 16:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Allegri Milan bilan kelajagi borasidagi mish-mishlarga javob berdi