date

Allegri Milanni tark etishi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi

Allegri Milanni tark etishi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi

"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

58 yoshli mutaxassisning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Shunga qaramay, so'nggi kunlarda OAVda u joriy mavsum yakunida "rossoneri" bilan hamkorlikni to'xtatishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Allegri bu gaplarni keskin rad etdi.

"Milanda hammasi joyida, ichki muhit a'lo. Biz bir yo'nalishda ishlayapmiz, klub kelajak rejalari ustida allaqachon bosh qotirmoqda. Bu yerda ishlash menga yoqadi", — deya murabbiyning so'zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirdi.

Bugun "Milan" A Seriyada safarda "Kremoneze"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 16:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Allegri Milanni tark etishi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi