date

OFK Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlarini BAA va Qatarda kechiktirdi

OFK Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlarini BAA va Qatarda kechiktirdi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) mintaqaviy Osiyo Chempionlar Ligasi doirasidagi ayrim bahslar boshqa sanalarga ko‘chirilganini ma’lum qildi. Uchrashuvlar Abu-Dabi, Dubay va Dohada o‘tkazilishi kerak edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qarorga Eron, AQSh va Isroil o‘rtasidagi harbiy keskinlik sabab bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, Eron tomonidan uchirilayotgan snaryadlar qo‘shni davlatlar hududiga ham yetib bormoqda, u yerda AQSh harbiy bazalari joylashgan.

OFK bayonotida tashkilot vaziyatni yaqindan kuzatishda davom etishi, futbolchilar, jamoalar, rasmiylar va muxlislar xavfsizligini ta’minlash masalasida qat’iy pozitsiyada qolishi ta’kidlandi.

O‘yinlar 2 va 3 mart kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. Hozircha yangi sanalar yoki arenalar rasman e’lon qilinmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » OFK Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlarini BAA va Qatarda kechiktirdi