Yuventus Lokatelli bilan yangi uzoq muddatli shartnoma tuzmoqchi

Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachi Manuel Lokatellini jamoada olib qolish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tuttosport xabariga ko'ra, klub futbolchi bilan amaldagi kelishuvni uzaytirishga juda yaqin. Yangi shartnoma 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan bo'lib, Lokatellining yillik maoshi 4 million yevrogacha oshiriladi. “Yuventus” bu orqali yarim himoyachining joriy mavsumdagi o'yinlarini munosib baholamoqchi.
Lokatelli “Sassuolo”dan “Yuventus”ga 2023 yilda 36 million yevro evaziga kelib qo'shilgandi. Hozirgi bitim 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. Bu mavsum u turinliklar safida 36 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing