date

Zabarniy Gavr ustidan minimal g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi

Zabarniy Gavr ustidan minimal g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi

Fransiyaning PSJ klubi safida to‘p surayotgan markaziy himoyachi Ilya Zabarniy Liga 1ning 24-turida safarda “Gavr”ga qarshi o‘yindan keyin taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Parijliklar uchrashuvda 1:0 hisobida zafar quchdi, yagona gol muallifi Barkola bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Qiyin bellashuv bo‘ldi. Buni oldindan kutgandik, chunki bu yerda hech qachon oson bo‘lmaydi. Eng muhimi — PSJ uch ochkoni oldi. Bu biz uchun juda muhim natija. Hozir jamoa har bir o‘yinga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Barcha uchrashuvlar ahamiyatli”, — deya Zabarniyning so‘zlarini Footmercato keltirdi.

Luis Enrike shogirdlari 57 ochko jamg‘arib, Fransiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. PSJ ikkinchi o‘rindagi “Lans”dan bir ochkoga oldinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Zabarniy Gavr ustidan minimal g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi