Galyardo ko'z yosh to'kdi River Pleytdan hech kim ketmaydi

Marselo Galyardo murabbiy sifatidagi so'nggi uchrashuvini o'tkazdi: uning jamoasi Banfildga qarshi bahsda 3:1 hisobida g'alaba qozonib, ketma-ket uch mag'lubiyatdan iborat omadsiz seriyani yakunladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Aynan shu muvaffaqiyatsiz natijalar zanjiri Galyardoning lavozimini xavf ostida qoldirgan edi, biroq klub unga chiroyli tarzda xayrlashish imkonini berdi. U esa maydon chetida buni juda ta'sirli lahzaga aylantirdi.
O'yindan keyin ko'z yoshlarini yashirmagan Galyardo muxlislarga minnatdorlik bildirib, shunday dedi: «Hammaga shunchaki rahmat. Sizlarning mehringizni so'z bilan ifodalash qiyin. Men abadiy ketmayapman. River Pleytdan hech kim abadiy ketmaydi. Bu sehrli joy: hatto ketsang ham, baribir klub bilan qolasan».
Eslatib o'tamiz, Marselo 1990-yillarda klub sharafini himoya qilgan, shuningdek, Argentina terma jamoasi safida ham to'p tepgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!