date

Yuventus Lokatelli bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirmoqchi

Yuventus Lokatelli bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirmoqchi

Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachi Manuel Lokatellini jamoada olib qolish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tuttosport xabariga ko‘ra, “byankonerilar” futbolchi bilan yangi kelishuv bo‘yicha yakuniy bosqichga yaqinlashgan. Taklif etilayotgan shartnoma 2030 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan bo‘lib, futbolchining yillik maoshi 4 million yevrogacha oshiriladi. Klub bu orqali Lokatellining joriy mavsumdagi o‘yinlarini qadrlayotganini ko‘rsatmoqchi.

Lokatelli “Sassuolo”dan “Yuventus”ga 2023 yilda 36 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi. Bu mavsumda u turinliklar safida 36 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus Lokatelli bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirmoqchi