date

Zabarniy Gavr ustidan minimal g'alabadan so'ng fikr bildirdi

Zabarniy Gavr ustidan minimal g'alabadan so'ng fikr bildirdi

Fransiyaning "PSJ" klubida to'p surayotgan markaziy himoyachi Ilya Zabarniy Liga 1ning 24-turi doirasida safarda "Gavr"ga qarshi kechgan bahsdan keyin o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. Parijliklar Barcola urgan yagona gol evaziga 1:0 hisobida zafar quchdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Oson bo'lmasligini bilardik: bu stadionda hech qachon yengil o'yin bo'lmaydi. Eng muhimi, "PSJ" uch ochkoni oldi. Bu biz uchun juda muhim natija. Hozir jamoa har bir uchrashuvga maksimal e'tibor qaratmoqda, barcha o'yinlar ahamiyatli", — deya Zabarniyning so'zlarini Footmercato keltirdi.

Luis Enrike shogirdlari 57 ochko jamg'arib, Fransiya chempionati turnir jadvalida yetakchilikni saqlab turibdi. "PSJ" ikkinchi o'rindagi "Lans"dan bir ochkoga oldinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Zabarniy Gavr ustidan minimal g'alabadan so'ng fikr bildirdi