Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Buriramga yutqazdi

Osiyo Chempionlar ligasida “Shanxay Shenxua” yettinchi turdan so‘ng pley-off yo‘llanmasi uchun kurash imkoniyatini boy bergandi. Sakkizinchi turda Leonid Slutskiy jamoasi “Buriram Yunayted”ga qarshi o‘yinda hech bo‘lmasa turnir bilan munosib xayrlashishni ko‘zlagan, biroq bu rejasi amalga oshmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 0:2 hisobida taylandliklar foydasiga yakunlandi. “Buriram Yunayted” birinchi taym boshidayoq ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi, shundan keyin “Shanxay Shenxua” maydonda bir futbolchisidan ayrilib, son jihatdan kamchilikda qoldi va o‘yin intrigasini deyarli yo‘qqa chiqardi.
Ma’lumot uchun, Leonid Slutskiyning “Shanxay Shenxua” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing