date

Krishtianu Ronaldu jarohati haqida dastlabki ma'lumotlar chiqdi

Krishtianu Ronaldu jarohati haqida dastlabki ma'lumotlar chiqdi

"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu shanba kuni "Al-Feyha"ga qarshi uchrashuvda majburan almashtirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bahs Jorje Jezush jamoasining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. 41 yoshli forvard o'yinda gol ura olmadi, 11-daqiqada esa penaltini aniq ijro eta olmadi. Uchrashuv so'ngida tajribali yulduzni zaxiraga olishga to'g'ri keldi. Al Nassr Zone manbasi Saudiya OAVlariga tayanib xabar berishicha, Ronaldu son orqa mushagi payi (hamstring)dan jarohat olgan. Agar bu oddiy cho'zilish bo'lsa, tiklanish 3–5 kunni oladi. Eng yomon holatda mushakda yirtilish aniqlansa, futbolchi ikki hafta yoki undan ko'proq muddat maydonga tusha olmasligi mumkin.

Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida 22 o'yinda 21 ta gol urishga ulgurdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu jarohati haqida dastlabki ma'lumotlar chiqdi