date

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi haqida soʻzlab berdi

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi haqida soʻzlab berdi

Argentina hujumchisi Lionel Messi vatandoshi, futbol afsonasi Diyego Armando Maradona bilan ilk bor qayerda va qanday tanishganini eslab oʻtdi. Uning aytishicha, bu uchrashuv televideniyedagi «La noche del 10» ko‘rsatuvi paytida bo‘lib o‘tgan va Messini studiyaga aynan Maradonaning o‘zi taklif qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Messi taklifni olgach, ikkilanmay rozi bo‘lganini ta’kidladi. U ko‘rsatuvga otasi, amakisi va amakivachchalari bilan birga borgan, ularning barchasi ham Maradona bilan ko‘rishish imkoniga ega bo‘lgan. Futbolchi bu lahzani unutilmas voqea sifatida esladi.

Eslatib o‘tamiz, Diyego Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi haqida soʻzlab berdi